Renessans ta’lim universiteti talabalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda!

Renessans ta’lim universiteti talabalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda!

Talabalarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli yo‘nalishdagi to‘garak va klublar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
 
Shu jumladan, turk tili to‘garagi haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 16:20 da Turkiyaning Karabuk universiteti magistraturasini tamomlagan Akramjon Zarifov tomonidan olib boriladi.
Bugungacha to‘garak ishtirokchilari 10 dan ortiq mavzularni o‘rganib, hozirgi zamon, ko‘plik qo‘shimchasi va sonlar, tovush o‘zgarishlari hamda og‘zaki nutq bilan bog‘liq darslarni muvaffaqiyatli egalladilar.
Mashg‘ulotlar zamonaviy kommunikativ metodika asosida tashkil etilgan bo‘lib, talabalar grammatika, leksika va talaffuzni amaliy mashqlar, dialoglar, audio va video materiallar orqali o‘rganadi. 
 
Maqsad talabalarni kundalik hamda rasmiy muloqotda erkin so‘zlashish darajasiga yetkazish.