Renessans ta’lim universiteti mas’ullari va talabalari Toshkent shahrida O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan “Turk dunyosi lider ayollar uchrashuvi”da ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida “Libos dizayni” yo‘nalishi talabalari o‘zlarining ijodiy ishlari namoyishini o‘tkazishdi. Turkiyalik tasviriy san’at ustasi, dizayner Sayime Serra Erdoğan talabalarimiz bilan hamkorlikda milliy merosimizni qayta tiklash va ularni liboslarda aks ettirish yo‘nalishida birga yangi loyihalarda ishlash taklifini berdi.

Shuningdek, Renessans ta’lim universiteti va O‘zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik yo‘nalishlari:
- Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va ish bilan ta'minlash;
- Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash sohasida qo‘shma loyihalar yuritish;
- Ayollarga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish;
- Gender tengligi bo‘yicha treninglar, seminarlar va mahorat darslari tashkil etish;
- Turli startap va ijtimoiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish;
- Turkiya dizaynerlari bilan hamkorlikda ishlash;
- Yoshlarni ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topishlariga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish.