Unda Greenwich universiteti nomidan Peter O’Hara, Amir Saadati va M.April ishtirok etdi. Muzokaralar davomida ikki tomonlama akademik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni faqat O‘zbekiston doirasida emas, balki butun Markaziy Osiyo miqyosida rivojlantirish, mintaqaviy akademik aloqalarni mustahkamlash hamda xalqaro standartlarga mos zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.
Shuningdek, kelgusida dolzarb bo‘lishi kutilayotgan ta’lim yo‘nalishlari yuzasidan aniq takliflar bildirildi.
Mazkur uchrashuv Renessans ta'lim universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘lib, talabalar uchun yuqori sifatli, xalqaro darajadagi ta’lim olish imkoniyatlarini yaratishga xizmat qilishi shubhasiz.