Bugun Renessans ta’lim universiteti mas’ullari Xitoyning FESCO International Education Consulting Co., Ltd. Hainan filiali, Zheng He instituti va Nankin Politexnika instituti vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, amaliyot va bandlik bazalarini birgalikda tashkil etish, xalqaro raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, sanoat – ta’lim – ilmiy tadqiqot integratsiyasini rivojlantirish, madaniy almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotlar davomida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilib, memorandum imzolandi.
Kelishuv doirasida Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari kengaytirilib, talaba va pedagoglar uchun Xitoy korxonalari hamda ta’lim muassasalarida ishlash, malaka oshirish, tajriba almashish va stajirovka o‘tash imkoniyatlar kengaydi.
Shuningdek, universitetimiz talabalari va bitiruvchilari qatori mazkur davlatda ishlash istagida bo‘lgan boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalari ham Renessans ta’lim universiteti orqali Xitoyda ishlash imkoniga ega bo‘ldi.